| 1 |
Eksport litsenziyasi |
Export license |
Экспортная лицензия |
ot + ot |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
Vakolatli davlat organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (korxonalarga) muayyan tovarlar yoki xizmatlarni mamlakat hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) uchun beriladigan rasmiy ruxsatnoma. |
| 2 |
Embargo (xatga olish, man etish) |
Embargo |
Эмбарго |
ot |
sodda so'z |
birlik, bosh kelishik |
(ispancha "taqiq", "xatga olish"), davlat tomonidan boshqa bir davlatga nisbatan qoʻllaniladigan iqtisodiy yoki siyosiy bosim chorasi boʻlib, muayyan tovarlar, xizmatlar yoki valyutani mamlakatga olib kirish (import) yoki olib chiqishni (eksport) rasman taqiqlashdir. |
| 3 |
Hujjatli akkreditiv |
Documentary letter of credit |
документарный аккредитив |
sifat+ot |
so'z birikma |
birlik, bosh kelishik |
Xalqaro savdoda va yirik savdo bitimlarida qoʻllaniladigan, banklar ishtirokida amalga oshiriladigan hisob-kitob shakli. Bu sotuvchi (eksportyor) uchun toʻlov kafolati, xaridor (importyor) uchun esa tovar yetkazib berilishining kafolati hisoblanadi. |
| 4 |
Manifest |
Manifest |
манифест |
ot |
sodda so'z |
birlik, bosh kelishik |
Kema, samolyot yoki boshqa transport vositasidagi barcha yuklarning to‘liq ro‘yxati ko‘rsatilgan hujjat (yuk manifesti). |
| 5 |
Ro‘yxatdan o‘tishni buyurtma qilish |
Order Registration |
заказать регистрацию |
ot+harakat nomi+qo'shma fe'l |
so'z birikma |
birlik,chiqish kelishigi+tushum kelishigi+ bosh kelishik |
ma'lum bir xizmat yuzasidan ariza topshirish yoki ariza uchun buyurtma berish |
| 6 |
Sanksiya |
Sanction |
Санкция |
ot |
sodda so'z |
birlik, bosh kelishik |
(lotincha sanctio – qatʼiy qaror), huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan, unga muayyan salbiy oqibatlar (jazo, cheklov) keltirib chiqaradigan majburlov chorasidir. Sanksiyalar huquqiy normalarni buzganlik uchun jazo sifatida yoki xalqaro huquqda davlatlarga nisbatan taʼsir chorasi sifatida qoʻllaniladi. |
| 7 |
Sanoat palatasi |
Chamber of industry |
промышленная палата |
ot + ot |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
Hukumatning savdo-sanoat bilan shug'ullanadigan rasmiy organi |
| 8 |
Umumjahon Pochta Ittifoqi |
Universal postal union |
Всемирный почтовый союз |
ot |
qo'shma so'z |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
1874-yili Bern shartnomasi imzolanishi natijasida tashkil qilingan, Birlashgan Millatlar tashkilotining (BMT) ixtisoslashgan muassasasi hisoblanadi. Ittifoq vazifasi aʼzo davlatlar oʻrtasida pochta aloqalarini muvofiqlashtirishdan iborat. |
| 9 |
Xalqaro bojxona deklaratsiyasi |
International customs declaration |
международная таможенная декларация |
sifat+ot+ot |
qo'shma so'z |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
Tovarlar, transport vositalari va jismoniy shaxslarning mulklari xalqaro chegaradan o‘tayotganda bojxona organlariga taqdim etiladigan rasmiy hujjatdir. U tovarning turini, qiymatini, miqdorini va belgilangan bojxona rejimini tasdiqlaydi hamda olib o‘tilayotgan tovarlar ustidan nazoratni amalga oshirishga xizmat qiladi. |
| 10 |
Xalqaro yuk xati |
Through B/L |
международный |
sifat+ot+ot |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq, bir davlatdan boshqasiga avtomobil transportida yuk tashishda foydalaniladigan asosiy hujjatdir. U yukning xususiyatlari, jo‘natuvchi, qabul qiluvchi va tashuvchi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi. |
| 11 |
absolyut qiymat |
absolute value |
абсолютная стоимость |
ot |
so'z birikma |
birlik, bosh kelishik |
Sondan nolgacha boʻlgan masofa boʻlib, u har doim musbat yoki nolga teng boʻladi. Belgisi \(|x|\) koʻrinishida yoziladi va sonning ishorasiga (manfiy yoki musbatligiga) qaramay, uning kattaligini koʻrsatadi. |
| 12 |
almashinuv deklaratsiyasi |
exchange declaration |
декларация обмена |
fe'l+ot |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
(lotincha declaratio — maʼlum qilaman, eʼlon qilaman), biror-bir davlat, xalqaro tashkilot yoki partiyaning asosiy tamoyillar, maqsadlar yoki muhim siyosiy voqealarni rasmiy va tantanali ravishda eʼlon qiluvchi hujjati hisoblanadi. |
| 13 |
asl |
orginal |
оригинал |
sifat |
sodda so'z |
birlik, bosh kelishik |
Arab tilidan olingan bo‘lib, narsaning asosi, tub mohiyati, haqiqiyligi yoki kelib chiqishini anglatadi. Umumiy maʼnoda sof, haqiqiy, qalbaki bo‘lmagan (masalan, asl tilla) yoki biror narsaning birinchi nusxasi (asl nusxa) tushuniladi. |
| 14 |
aviatashuv |
air-freight consignment |
авиаперевозка |
ot+fe'l |
qo'shma so'z |
birlik, bosh kelishik |
Yo‘lovchilar, yuklar, pochta yoki bagajni havo kemalari (samolyotlar, vertolyotlar) yordamida bir joydan ikkinchi joyga tezkorlik bilan yetkazib berish jarayonidir. |
| 15 |
baholovchi |
assessor |
эксперт по ценам |
ot |
sodda yasama so'z |
birlik, bosh kelishik |
Vakolatli organ tomonidan berilgan maxsus malaka sertifikatiga ega boʻlgan, mulk, biznes yoki boshqa obyektlarning qiymatini (bozor, investitsiya va h.k.) aniqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs. Ular odatda baholovchi tashkilot shtatida faoliyat yuritadi va baholash to‘g‘risida hisobot tuzadi. |
| 16 |
bildirishnoma |
notification |
уведомление |
ot |
qo'shma so'z |
birlik, bosh kelishik |
Yuqori organlar, rahbarlar yoki boshqa mansabdor shaxslarga ish faoliyati, xizmat masalalari, turli voqea-hodisalar yoki axborot yetkazish maqsadida taqdim etiladigan rasmiy yozma xabar. U odatda ma'lum bir muammo yoki vaziyat haqida batafsil ma'lumot berish uchun xizmat qiladi. |
| 17 |
bo'shatish posti |
post of discharge |
пост выписки |
fe'l+ot |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
Bojxona nazorati hududida yuk mashinalari yoki transport vositalaridan tovarlarni tushirish, bojxona ko'rigidan o'tkazish va rasmiylashtirish amalga oshiriladigan maxsus joy. Bu yerda yuklar qoidalarga muvofiqligi tekshiriladi. |
| 18 |
bojxona ittifoqi |
Custom union |
таможенный союз |
ot |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
ikki yoki undan ortiq davlatlar oʻrtasida oʻzaro bojxona chegaralarini bekor qilish, boshqa mamlakatlar uchun yagona boj tariflarini joriy etish toʻgʻrisidagi bitim; davlatlarning bojxona siyosati sohasida hamkorlikda faoliyat olib borish maqsadlarida birlashuvi. Bojxona ittifoqi asosan ittifoqqa aʼzo davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarning raqobatbardoshligini koʻtarish maqsadlarida boj undirish, aʼzo boʻlmagan davlatlarga nisbatan yuqori boj stavkalari masalalarini tartibga soladigan ikki yoki koʻp tomonlama bojxona konvensiyalari asosida tashkil etiladi. |
| 19 |
bojxona ombori |
bonded warehouse |
таможенный склад |
ot + ot |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
Olib kirilayotgan tovarlarni bojxona nazorati ostida, bojxona bojlari va soliqlarini to‘lamasdan, shuningdek, iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llamagan holda vaqtinchalik saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus jihozlangan joy yoki bino. |
| 20 |
bojxona rasmiyatchiliklarini bajarish |
perform customs formalities |
выполнение таможенных формальностей |
ot+ot+fe'l |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli+belgili tushum kelishigi |
Tovarlar va transport vositalari davlat chegarasidan olib o‘tilayotganda, qonun hujjatlarida belgilangan tartib-qoidalar, hujjatlarni rasmiylashtirish va bojxona to‘lovlarini to‘lash bilan bog‘liq majburiy jarayonlardir. |
| 21 |
bojxona rasmiylashtiruvi |
Clearance |
выпуск товаров с таможни |
ot+fe'l |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini taʼminlash maqsadida bojxona organlarining mansabdor shaxslari amalga oshiradigan operatsiyalar majmui (OʻzR BKning 7-moddasi). Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi faoliyat koʻrsatadigan zonadagi shu maqsad uchun ajratilgan, tovarlarni joʻnatuvchi yoki oluvchi yoxud ularning tarkibiy boʻlinmasi joylashgan yerlarda bojxona organining ish vaqtida amalga oshiriladi. Manfaatdor shaxsning yozma iltimosnomasiga binoan uning xisobidan va bojxona organining roziligi bilan Bojxona rasmiylashtiruvi boshqa joylarda va bojxona organining ish vaqtidan tashqari vaqtda amalga oshirilishi mumkin. |
| 22 |
bojxona to‘lovlari va yig‘imlarini to‘lash |
Pay customs duties and charges |
оплатить таможенные пошлины и сборы |
ot+ot+ot+fe'l |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi, III shaxs ko'plik egalik shakli belgili tushum kelishigi, |
Tovarlarni O‘zbekiston chegarasi orqali olib kirish (import) yoki olib chiqish (eksport) jarayonida davlat byudjetiga hamda bojxona organlariga majburiy to‘lovlarni amalga oshirish jarayonidir. |
| 23 |
broshyura |
brochure |
брошюра |
ot |
sodda so'z |
birlik, bosh kelishik |
Ma'lum bir mavzu, mahsulot, xizmat yoki tashkilot haqida batafsil ma'lumot beruvchi, odatda 5 tadan 48 tagacha sahifadan iborat kichik hajmli bosma nashrdir. |
| 24 |
deklaratsiya |
declaration |
декларация |
ot |
sodda so'z |
birlik, bosh kelishik |
Jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan davlat organlariga (soliq, bojxona) daromadlar, mol-mulk yoki olib oʻtilayotgan tovarlar toʻgʻrisida rasmiy maʼlumot beruvchi hujjat. Shuningdek, siyosiy yoki huquqiy prinsiplarni tantanali eʼlon qiluvchi hujjat ham deklaratsiya (masalan, Mustaqillik deklaratsiyasi) hisoblanadi. |
| 25 |
diversiya |
diversion |
диверсия |
ot |
sodda so'z |
birlik, bosh kelishik |
Biror mamlakatning harbiy va davlat ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlarini buzish, portlatish, vayron qilish maqsadida chet el agentlari yoki dushman tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan qoʻporuvchilik harakati. |
| 26 |
erkin bozor |
free market |
свободный рынок |
sifat+ot |
so'z birikma |
birlik, bosh kelishik |
Narxlar, ishlab chiqarish hajmi va tovar ayirboshlash jarayonlari davlat aralashuvisiz, faqat talab va taklif qonunlari asosida shakllanadigan iqtisodiy tizimdir. Bu bozorda ko‘plab sotuvchilar va xaridorlar erkin ishtirok etadi, raqobat yuqori bo‘ladi va narxlar tabiiy ravishda muvozanatga keladi. |
| 27 |
haqiqiy qiymat |
actual value |
реальная стоимость |
sifat+ot |
so'z birikma |
birlik, bosh kelishik |
Metrologiyada (o‘lchashlar nazariyasida) jismoniy miqdorning ob’ektiv borliqdagi chin qiymatiga eng yaqin bo‘lgan, tajriba yoki sinovlar orqali aniqlangan qiymatdir. U nazariy jihatdan ideal bo‘lgan "chin qiymat" o‘rnida amaliy masalalarni yechishda foydalaniladigan ishonchli natijadir. |
| 28 |
ittifoq |
Union |
союз |
ot |
sodda so'z |
birlik, bosh kelishik |
Ittifoq — guruh, sinf yoki davlatlarning umumiy maqsad yo‘lida birlashishi, uyushmasi yoki do‘stona hamkorligini anglatadi. Bu atama, shuningdek, inoq, ahil munosabatlarni (ittifoq oila) va siyosiy/iqtisodiy birlashmalarni (masalan, Ittifoq davlati) anglatishi mumkin. |
| 29 |
jo‘natma |
parcel |
посылка |
ot |
sodda so'z |
birlik, bosh kelishik |
Pochta, kuryerlik xizmatlari yoki transport orqali bir shaxsdan (yuboruvchidan) boshqa shaxsga (oluvchiga) manzilli yetkazib beriladigan xat, hujjat, posilka, banderol yoki tovarlardir. Ular xalqaro yoki mahalliy miqyosda, shaxsiy yoki tijorat maqsadlarida yuborilishi mumkin. |
| 30 |
kabina |
Cottage, Cabin |
кабина, коттедж |
ot |
sodda so'z |
birlik, bosh kelishik |
Biror ishni ba-jarish uchun maxsus jihozlangan kichkina xona, boʻlma (maye., mashinalarda uning bosh-qaruv mexanizmlari oʻrnatilgan va boshqa-ruvchisi oʻtiradigan boʻlmasi). ◆ Xotini bola-si bilan kabinada — shofyor yonida. S. Ahmad, Ufq. ◆ Uchuvchi kabinaning ehtiyot tuynugini ochib, oʻzini samolyotdan tashladi. "Sharq yulduzi" . "Megaliftyor"da ikkita qanot, toʻrtta reaktiv dvigatel va uchuvchilar ka-binasi bor. "Fan va turmush". |
| 31 |
kelish deklaratsiyasi |
advice of arrival |
декларация о прибытииквитанции |
fe'l + ot |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
"Kelish deklaratsiyasi" yoki ko'proq tarqalgan nomi bilan Bojxona deklaratsiyasi — bu davlat chegarasidan tovarlar, valyuta yoki shaxsiy buyumlarni olib o'tishda bojxona organlariga taqdim etiladigan rasmiy hujjatdir |
| 32 |
kompensatsiya banki |
reimbursing bank |
платящий банк |
ot + ot |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
Kafolatlangan omonatlar bo'yicha to'lovlarni amalga oshiruvchi bank (agent-bank) |
| 33 |
kredit qog‘ozlari |
Letter of credit |
аккредитив, информация об учетной записи |
ot + ot |
so'z birikma |
ko'plik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
Bu korxona yoki tashkilotning xo'jalik faoliyatini, pul mablag'lari harakatini, moliyaviy holatini aks ettiruvchi rasmiy hujjatlar majmuidir. |
| 34 |
markaziy bojxona boshqarmasi |
central administration of customs |
главное управление таможни |
sifat+ot+ot |
so'z birikma |
bosh kelishik+belgisiz qaratqich kelishigi+egalik III shaxs |
Bojxona tizimining yagona asosiy boshqarmasi. Ko'p mamlakatlar, xususan, O'zbekistonda bunday tashkilot mavjud emas. |
| 35 |
maxsus yuk xati |
Bill of lading (B/L) |
специальная накладная |
sifat+ot+ot |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
Tovarlar harakatini nazorat qilish, ularni tashish va hisob-kitob qilish uchun zarur boʻlgan birlamchi buxgalteriya hujjatidir. |
| 36 |
ortiqcha to‘lovni qaytarish |
refund the over payment or excess payment |
efund the over payment or excess payment |
ravish+ot+fe'l |
so'z birikma |
birlik, bosh kelishik, belgili tushum kelishigi |
Soliq organlari yoki boshqa xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga xato yoki ehtiyojdan ortiqcha to‘langan mablag‘larni (masalan, daromad solig‘i, kontrakt puli) ariza orqali qaytarib olish jarayoni. |
| 37 |
qabul qilinadigan sifat standarti |
acceptable quality standard |
приемлемый стандарт качества |
fe'l+ot+ot |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
Mahsulot, xizmat yoki jarayonlarning belgilangan talablar, mezonlar va mijozlar kutgan natijalarga javob berishini belgilovchi me'yoriy hujjat yoki qoida. |
| 38 |
qabul qilingan qiymat |
accepted value |
принятая стоимость |
fe'l (sifatdosh)+ot |
so'z birikma |
birlik, bosh kelishik |
Tovar yoki xizmatni iste'mol qilish orqali olingan yutuq yoki foydadir. Bu mijozning tovar uchun to'lagan narxi evaziga olgan to'liq qoniqish darajasini anglatadi. |
| 39 |
qabul, kirishga ruxsat |
Admission |
допуск |
fe'l |
sodda so'z |
birlik, bosh kelishik |
biror joyga, tashkilotga yoki muassasaga kirishga ruxsat yoki huquq, kirish uchun to'lanadigan to'lov yoki haqiqatni/iqrorni tan olish |
| 40 |
qo‘shilgan qiymat |
added value |
добавленная стоимость |
fe'l (sifatdosh)+ot |
so'z birikma |
birlik, bosh kelishik |
Mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarish va sotishning har bir bosqichida uning tannarxiga qo‘shiladigan yangi qiymatdir. U yakuniy sotuv narxi va xomashyo/xizmatlarning sotib olish narxi o‘rtasidagi farqni anglatadi, ya'ni korxona o‘z mehnati va resurslari bilan mahsulotga qo‘shgan qiymat. |
| 41 |
qo‘shimcha to‘lov |
Surcharge |
допольнительный налог |
sifat+ot |
so'z birikma |
birlik, bosh kelishik |
Asosiy to‘lov miqdoriga qo‘shimcha ravishda, muayyan xizmat, ish yoki shartlar uchun amalga oshiriladigan qo‘shimcha pul mablag‘idir. Uning maqsadi qo‘shimcha xarajatlarni qoplash, yuqori xizmat sifatini ta’minlash yoki shartnoma shartlarini bajarish hisoblanadi. |
| 42 |
savdo palatasi |
chamber of commerce |
торговая палата |
ot + ot |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
Iqtisodiyot va savdoni, birinchi navbatda, mamlakatlar oʻrtasida tashqi savdoni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi xalqaro jamoat yoki davlat tashkiloti. Savdo palatasi aksariyat hollarda firmalarning ishbilarmon doiralarini birlashtirishga, savdo aloqalarini oʻrnatishga, savdosotiq ishtirokchilariga zarur axborotlarni taqsim etishga xizmat kiladi. Faoliyati miqyosiga qarab, xalqaro, aralash, milliy Savdo palatasilariga boʻlinadi. |
| 43 |
tovarlarni deklaratsiya qilish |
declare the goods |
декларировать товары |
ot+fe'l |
so'z birikma |
birlik, belgili tushum kelishigi |
tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan (import yoki eksport) olib o‘tilayotganda, ularning turi, miqdori, qiymati va boshqa ma’lumotlari to‘g‘risida belgilangan shaklda (asosan elektron yoki qog‘oz) bojxona organlariga ma’lumot taqdim etish jarayonidir. |
| 44 |
tovarlarni tekshirish |
check the goods |
проверка товаров |
ot+fe'l |
so'z birikma |
birlik, belgili tushum kelishigi |
Mahsulotlarning sifat, miqdor, markirovka va hujjatlarga muvofiqligini ishlab chiqarish, jo‘natish yoki qabul qilish jarayonida baholashdir. Bu jarayon xalqaro savdoda va ichki bozorda xatoliklarni oldindan aniqlash, ortiqcha xarajatlardan qochish hamda sifatni ta'minlash uchun juda muhimdir. |
| 45 |
valyuta pariteti |
exchange parity |
валютный паритет |
ot + ot |
so'z birikma |
birlik, belgisiz qaratqich kelishigi + III shaxs egalik shakli |
Qonuniy asosda yoki davlatlararo kelishuvlar orqali ikki mamlakat valyutasi oʻrtasida belgilangan rasmiy nisbat, ya'ni valyuta kursining asosi hisoblanadi. U valyutalarning qiymatini oʻzaro solishtirish va xalqaro hisob-kitoblar tartibini belgilash uchun xizmat qiladi. |
| 46 |
vaqtinchalik olib kirish (qabul qilish) |
Temporary importation(ad mission |
временный ввоз(въезд) |
ravish+fe'l |
so'z birikma |
birlik, payt ravishi, harakat nomi |
Xorijiy jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun transport vositasini vaqtinchalik olib kirish |
| 47 |
xorijiy valyuta |
foreign exchange |
иностранная валюта |
sifat+ot |
so'z birikma |
birlik, bosh kelishik |
Boshqa mamlakatning qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan pul birligi (banknotlar, tangalar, hisob raqamlardagi mablag‘lar). O‘zbekiston uchun so‘mdan tashqari barcha pullar (masalan, AQSH dollari, yevro, rubl) chet el valyutasi hisoblanadi. |
| 48 |
yetkazib berish xizmati |
delivery orde |
доставка заказа |
fe'l+ot |
Savdo va tijorat termini |
birlik,chiqish kelishigi+tushum kelishigi+ bosh kelishik |
tovar yoki xizmatni manzildan manzilga eltish xizmat turi |
| 49 |
yuk tashish bo‘yicha maslahat |
advice of shipment |
уведомление об отправке |
ot+ko'makchi+ot |
so'z birikma |
birlik, bosh kelishik |
Tovarlarni bir joydan ikkinchi joyga yetkazib berish jarayonini optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish, xavfsizlikni ta'minlash va huquqiy talablarga rioya qilish bo‘yicha professional tavsiyalar majmuasidir. |
| 50 |
yuk-molga qo‘shilgan hujjat |
bill of lading |
коносамент |
ot +fe'l+ ot |
so'z birikma |
birlik, belgili jo'nalish kelishigi |
Tovarlarni tashishda yuk jo‘natuvchi (sotuvchi) va yuk tashuvchi (tashkilot) o‘rtasidagi shartnomani tasdiqlovchi asosiy huquqiy hujjatdir. |